Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.O‘. va G‘.G‘. o‘zaro til biriktirib, fuqaro R.O. boshqaruvidagi yuk avtomashinasida Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumanidagi “S.P.” MCHJning omborxonasidan umumiy bahosi 552,9 mln so‘lik 24 tonna qurilish materiallarini Andijon viloyatiga yetkazish uchun olib chiqib, materiallarni manziliga olib bormasdan Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi fuqaro B.Z.ga oldindan qarzdorliklari evaziga berib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.