Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tadbirkorning 263 mln so‘m pullari qarzdordan undirib berildi

Tadbirkorning 263 mln so‘m pullari qarzdordan undirib berildi

Bugungi kunda adliya organlari xususiy mulk huquqining har qanday buzilishlarini bartaraf etish, yetkazilgan zararni undirish va tadbirkorlarning faoliyatini himoya qilish borasida davlatimizning ishonchli vakiliga aylanib bormoqda.

Farg‘ona shahar adliya bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, “Baraka fayz invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda Farg‘ona viloyati hokimligi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq, “Baraka fayz invest” MCHJ tegishli qurilish ishlarini bajargan.

Buyurtmachi — Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi esa bajarilgan ishlarni qabul qilib olishi va xizmat haqini to‘lashi lozimligiga qaramasdan, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Adliya bo‘limi tadbirkor “Baraka fayz invest” MCHJ manfaatida Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudiga qarzdorlikni undirish yuzasidan da’vo arizasi kiritdi. Sudda tadbirkor manfaati himoya qilingan holda, “Baraka fayz invest” MCHJ foydasiga 263 mln 257 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilandi.

Kiritildi: 17:46 31.10.2025. O'qildi: 1100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!