Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

3 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:29 da Afg‘onistonning Samangon viloyatida zilzila sodir bo‘ldi, uning kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar qildi FVVning Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Epimarkazdagi silkinish kuchi 7 ballga baholanmoqda. Magnitudasi 6,8, markaz 30 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila O‘zbekistonda quyidagicha sezildi:

Surxondaryo viloyatida 5 ball, zilzila o‘chog‘idan 90 km uzoqlikda;
Qashqadaryo viloyatida 3−4 ball, 302 km;
Samarqand viloyatida 3 ball, 358 km;
Jizzax viloyatida 3 ball, 410 km;
Navoiy viloyatida 3 ball, 444 km;
Buxoro viloyatida 3 ball, 451 km;
Sirdaryo viloyatida 3 ball, 464 km;
Toshkent shahrida 2−3 ball, 557 km;
Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 579 km.

Kiritildi: Bugun 07:04. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!