Xitoy neftni qayta ishlash korxonalari Rossiyadan neft importining bir qismini bekor qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Davlat kompaniyalari ham, xususiy kompaniyalar ham “Rosneft” va “Lukoyl” bilan hamkorlik uchun ehtimoliy ikkilamchi sanksiyalardan cho‘chib, Rossiya neftini qabul qilishdan bosh tortmoqda, deya xabar berdi agentlik.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xitoylik xaridorlarning rad etishi, ayniqsa, ESPO rusumidagi Sibir neftiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Rystad Energy AS maslahat kompaniyasining baholashicha, cheklovlar Rossiyadan Xitoyga neft eksporti umumiy hajmining taxminan 45 foiziga (kuniga 400 ming barrel) ta’sir qilgan.
Avvalroq “Rosneft” va “Lukoyl” AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng, Xitoy davlat neft kompaniyalari Rossiya neftini dengiz orqali xarid qilishni vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.