Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Arman Sarukyan: Rossiyaning ustun jihati bor...

Arman Sarukyan: Rossiyaning ustun jihati bor...

UFC jangchisi Arman Sarukyan AQSh va Rossiyadagi ovqat sifati haqida fikr bildirdi.

"Professional sportchi uchun yaxshi ovqatlanish juda muhim. Faqat protein va aminokislotalar bilan to‘yib bo‘lmaydi — bu faqat qo‘shimcha oqsil. Eng muhimi — sifatli ovqat yeb turish. Afsuski, bunday taomlar Amerikada juda kam, Rossiyada bu borada ancha yaxshi.

Masalan, bu yerda (Rossiyada) men ko‘proq restoranlarda ovqatlanaman, chunki ko‘proq ko‘chada bo‘laman. Garchi ko‘p yeb qo‘ysam ham, shu bilan ham vaznim tushadi. AQShda esa aksincha: kam yeganimga qaramay vazn qo‘shaman. Demak, bizdagi ovqat sifati ularnikidan ancha yaxshi", — dedi Sarukyan.

Kiritildi: Bugun 11:47. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!