Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Putin 97 yoshgacha hokimiyatda qolmoqchi?!

Putin 97 yoshgacha hokimiyatda qolmoqchi?!

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2050 yilgacha hokimiyatda qolishni xohlaydi. Bu haqda surishtiruv jurnalisti Ilya Davlyatchinga tayanib, Daily Star xabar berdi.

Jurnalistning aytishicha, Iosif Stalin davridan beri Kremlni eng uzoq muddat boshqarayotgan 73 yoshli Putin hokimiyatni 97 yoshgacha saqlab qolishni istaydi. Shundan so‘ng ehtimol uni o‘g‘li Ivanga topshirmoqchi. Ivan hozirda 10 yoshda, 2050 yilga kelib esa 35 yoshga to‘ladi.

2020 yilda Putinning prezidentlik muddatlarini “nolga tushirish” bilan o‘zgartirilgan amaldagi konstitusiya unga 2036 yilgacha, ya’ni 83 yoshgacha prezidentlik lavozimini egallash imkonini beradi.

Putin allaqachon hokimiyatda bo‘lish muddati bo‘yicha Pinochet (17 yil), Kim Chen Ir (17 yil), Benito Mussolini, Indoneziya prezidenti Suxarto (20 yil) va Ruminiyani 24 yil boshqargan Nikolaye Chausheskudan o‘zib ketgan. Putin beshinchi muddati oxirida Mao Szedunni ortda qoldirishi, oltinchi muddatda esa har biri 36 yildan hukmronlik qilgan Fransisko Franko (Ispaniya) va Antonio di Salazarga (Portugaliya) yetib olishi mumkin.

Agar Putin 2050 yilgacha hokimiyat tepasida qolsa, u Muammar Kaddafiy (42 yil), Kim Ir Sen (46 yil) va Fidel Kastroni (49 yil) ortda qoldirib, Rossiyada Ivan Grozniy davridan beri eng “uzoq hukmronlik qilgan” rahbarga aylanadi. Ivan Grozniy 50 yil hukmronlik qilgan.

Kiritildi: 20:35 03.11.2025. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!