Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Z.S." MCHJ qo‘shma korxonasining Qarshi shahridagi omborxona tovarshunosi T.Q. va MCHJ ekspeditori I.G‘.lar o‘zaro til biriktirib, o‘ziga ishonib topshirilgan MCHJning umumiy bahosi 2 mlrd so‘mlik alkogol mahsulotlarini naqd pulga sotib yuborib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:51. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!