Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlash tartibi belgilandi

A A A
Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (55-son, 30.01.2024 y.) bilan Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Prezidentning tegishli qarori bilan 2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingi joriy etilgan.

Nizomga ko‘ra, reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingni” elektron platformasida onlayn shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Tadbirkorlar faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha umumiy ball baholash vaqtida amalda bo‘lgan ko‘rsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yig‘indisidan kelib chiqib belgilanadi.

Ma’lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida real vaqt rejimida aks ettiriladi.

Reying ma’lumotlari bo‘yicha e’tirozlar bo‘lsa, Soliq qo‘mitasiga murojaat qilinadi.

Shunga ko‘ra, bildirilgan e’tirozlar 1 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Savdo-sanoat palatasi reyting ma’lumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib boradi.

Nizom faqat yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Kiritildi: 15:37 01.02.2024. O'qildi: 2223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!