Tadbirkorlik sub’ektlariga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalari (jami 390 ta) shaffof mexanizmlar asosida onlayn auksion orqali taklif etiladi.
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, hududlarda mavjud mineral xomashyo resurslaridan samarali foydalanish maqsadida istiqbolli maydonlarda qimmatbaho, rangli va noyob metallarga geologiya-qidiruv ishlari o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik sub’ektlariga qimmatbaho, rangli, noyob metallar hamda noruda kon va uchastkalari (jami 390 ta) shaffof mexanizmlar asosida onlayn auksion orqali taklif etiladi.
Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.
Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
O‘zbekistonda qora metallurgiya sanoatini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Qora metallurgiya sanoatini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish mo‘ljallanmoqda.
Bunda: