Surxondaryo viloyatida sudlarning tegishli ajrimiga asosan tijorat banklardan olgan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lay olmagan tadbirkorlarning mol-mulklari xatlovga olinib, qarzni so‘ndirishga yo‘naltirilmoqda.
Termiz shahridagi “Surxon Universal” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham tijorat bankidan olingan kredit mablag‘ini ixtiyoriy to‘lashdan bosh tortgan. Shu sababli Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi ajrimi chiqarilgan. Ajrimda 756,5 million so‘m kredit qarzdorligi uchun mas’uliyati cheklangan jamiyatning ikkita “BYD Song Champion” rusumli avtomashinasini xatlovga olish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi qidiruv shu’basi olib borgan tezkor qidiruv chog‘ida garov mulki hisoblangan ikkita “BYD Song Champion” rusumli avtomashina zudlik bilan topilib, MIBning Termiz shahar bo‘limiga vaqtincha saqlash uchun olib kelingan. Agar tadbirkor belgilangan muddatda tijorat bankidan olingan kredit mablag‘ini qaytarmasa ikkita “BYD Song Champion” avtomashinasi sudning ijro hujjatiga asosan auksion savdolariga chiqariladi.