Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tadbirkor Jizzaxdagi eski maktab binosi o‘rniga 5 qavatli zamonaviy maktab qurib berdi (FOTO)

Tadbirkor Jizzaxdagi eski maktab binosi o‘rniga 5 qavatli zamonaviy maktab qurib berdi (FOTO)

Jizzax viloyatining 18-maktabi eski binosi va yer maydoni xususiy tadbirkorga egalik qilish huquqi bilan berilgani bois, tadbirkor eski bino o‘rniga umumiy qiymati 12 mlrd. so‘mlik, 660 o‘ringa ega 5 qavatli yangi zamonaviy maktab qurib berdi. 

Tadbirkor Jizzaxdagi eski maktab binosi o‘rniga 5 qavatli zamonaviy maktab qurib berdi (FOTO)

Ayni damda viloyat hokimligi mahalliy byudjet hisobidan obodonlashtirish va xojatxona qurish ishlarini olib bormoqda.

Maktab 1898 yilda qurilgan bo‘lib, so‘nggi marta 11 yil avval ta’mirdan chiqqan. Eski bino 480 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, maktab xojatxonasi ko‘chada, umuman talabga javob bermagan. Maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 900 nafarga yetgani bois, navbatlilik koeffisiyenti 1,9 ni tashkil etgan. 

Xalq ta’limi vazirligi maktabni faollar zali, kutubxona, tibbiyot xona, sport zal, oshxona, fan xonalari va metodik xonalar hamda zarur jihoz va o‘quv anjomlari bilan ta’minladi.

Kiritildi: 12:15 22.02.2021. O'qildi: 4628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!