Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Tadbirkor himoyasida...

Tadbirkor himoyasida...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida faoliyat yuritgan “Nov-Kamoliddin ishonch”, “Nov-parvoz ishonch”, “Nov-Nilufar agro omad ishonch”, “Nov-Yunus ishonch” fermer xo‘jaliklari murojaat qilib 2018 yilda tuman hokimligi qarori bilan Davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer maydonidagi buzilgan bog‘ uchun kompensasiya to‘lanmasdan kelayotganligi, bu borada bir necha marotaba  hokimlikka qilgan murojaatlari e’tiborsiz qolayotganligini bildirib,  shu masalada amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan. 
Vakil Devoni tomonidan o‘z navbatida masala mohiyati to‘liq o‘rganib chiqilib Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga fermer xo‘jaliklari manfaatida da’vo ariza kiritildi. 
Sud muhokamasi davomida masala atroflicha o‘rganib chiqilib taraflarning fikrlari eshitildi va  Yangiyo‘l shaxar xokimligi tomonidan tadbirkorlarga jami 780.0 mln.so‘m mablag‘ undirib berish to‘g‘risida  qaror qabul qilindi va hokimlik tomonidan kompensasiya mablag‘larini tadbirkorlarga to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 19:01 13.01.2021. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!