Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tabiiy gaz ta’minotidan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

Tabiiy gaz ta’minotidan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.Rashidovtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi gazchi xodimi B.P. fuqaro U.T.ning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lsada, 10 mln so‘m evaziga yangi gaz hisoblagich o‘rnatib qarzdorligini yo‘q qilib berishini va’da qilib, shundan 1 mln so‘mini olib, qolgan 9 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:50 21.04.2025. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!