Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

S’yomka jarayonida aktrisaning yuziga bir necha marta urgan Ahad Qayum tanqidga uchradi (video)

S’yomka jarayonida aktrisaning yuziga bir necha marta urgan  Ahad Qayum tanqidga uchradi (video)

Tarmoqlarda aktyor va prodyuser Ahad Qayumning filmi s’yomkasidan olingan lavha tarqaldi.

Video telegram kanallarda e’lon qilindi, demoqda "Everyday.uz".

Videoda  Ahad Qayum va uning partnyori oilaviy mojaro bilan bog‘liq epizodni ijro etishgan.

Unda aktyor aktrisaning yuziga urishi kerak bo‘lgan. Ushbu epizod operatorning mahoratsizligi sabab bir necha marta olingan.

Filmning bitta kamerada suratga olinishi tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirgan. Bundan tashkari, dubllarning birida operator umuman kamerani yoqmagan. Aktrisa aktyorning bir necha zarbiga chiday olmay, Qayumning yuziga urib tashlagan va s’yomka maydonini tark etgan.

Ta’kidlash joiz, Ahad Qayum ayollarning qiynalishi bilan bog‘liq filmlarni olishi bilan tanilgan. Uning barcha filmlarida ayollar xo‘rlangan va qiynoqqa solingan rollarda gavdalangan. Ayrim tarmoq foydalanuvchilari Qayum va uning jamoasi qizning ustidan kulgan deya ta’kidlashmoqda.

Kiritildi: 05:00 24.10.2020. O'qildi: 15165 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!