Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Suyunchi puli 55 ming dollar: Singapur hukumati oilalarga katta imtiyozlar taklif qilmoqda

Suyunchi puli 55 ming dollar: Singapur hukumati oilalarga katta imtiyozlar taklif qilmoqda

Singapurda tug‘ilish keskin kamayib ketganligi sababli, mamlakat hukumati oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollargacha pul taklif qilmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Mamlakatda tug‘ilish darajasi tarixiy minimumga — har bir ayolga o‘rtacha 0,87 nafar bola to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichga tushib ketdi. Shu tufayli hukumat oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirishga majbur bo‘lmoqda.

Davlat tomonidan oilalarga har bir tug‘ilgan chaqaloq uchun deyarli 70 ming singapur dollari (taxminan 55 ming AQSh dollari) miqdorida suyunchi puli berish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ota-onalari uchun beriladigan ta’til muddati uzaytirilib, ularni uy-joy bilan ta’minlash imtiyozlari kuchaytirilmoqda.

Demografik inqirozni faqat moddiy yordam bilan hal qilib bo‘lmaydi. Tug‘ilish kamayishiga fuqarolarning kech oila qurib, farzand ko‘rayotgani, ish joyidagi ortiqcha yuklama va hayotga bo‘lgan qarashlarning o‘zgargani kabi omillar sabab bo‘lmoqda, dedi bosh vazir Lourens Vong.

Singapur mehnatga layoqatli aholi kamayishining o‘rnini qoplash uchun muhojirlarni jalb qilishda davom etmoqchi. Chunki hozirda mamlakat aholisining 21 foizdan ko‘prog‘i — 65 yoshdan oshganlar. Bu ketishda Singapurga yaqin kelajakda «juda keksa» jamiyatga aylanib qolish ehtimoli xavf solmoqda.

Kiritildi: 19:30 24.08.2026. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!