Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

«Suyaklarimgacha muzlab ketganman...» — Dilnoza Kubayeva «Telba» filmidagi dahshatli qiyinchiliklarni so‘zlab berdi

«Suyaklarimgacha muzlab ketganman...» — Dilnoza Kubayeva «Telba» filmidagi dahshatli qiyinchiliklarni so‘zlab berdi

O‘zbekistonning eng sevimli aktrisalaridan biri Dilnoza Kubayeva o‘zining eng mashhur rollaridan biri — «Telba» filmidagi «Nigora» obrazi qanday mashaqqatlar evaziga dunyoga kelganini ochiqladi. Aktrisaning iqrori kino ixlosmandlarini lol qoldirdi.

Gonaror mashaqqatlari va 2008 yilning qahratoni

Dilnoza Kubayevaning ta’kidlashicha, film ustida ishlash jarayoni nafaqat jismoniy, balki ruhiy bosimlar ostida kechgan. — Men bilan gonaror talashganlar bo‘ldi, oxiri hammasiga ko‘z yumdim. Lekin eng dahshati tabiat sinovlari edi. 2008 yilning qishi juda sovuq kelgan, har bir dialogda og‘zimizdan tutun chiqib turardi, — deydi aktrisa o‘sha kunlarni eslab.

O‘t o‘chirish mashinasi ostidagi «yomg‘ir»

Filmdagi eng ta’sirli sahnalardan biri — yomg‘ir ostidagi uchrashuv aktrisa uchun haqiqiy azobga aylangan. — O‘zi shundoq ham izg‘irin sovuq, ustiga-ustak yomg‘ir sahnasini olish kerak edi. O‘t o‘chiruvchilarning suv purkagichidan foydalanishgan. Suv shunaqa katta bosim bilan urilardiki, tasvirlab berolmayman. Ham sovuq, ham ustimizdan muzdek suv quyishgan. Shunaqa qiynalganmanki, faoliyatimda bunaqasini eslolmayman, — deya iqror bo‘ldi Kubayeva.

Kiritildi: Bugun 14:06. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!