Rossiyaning Kiyevga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni to‘qqizga yetdi, 23 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya Qurolli Kuchlarining Ukraina poytaxtiga ballistik raketa hujumi natijasida beshta tumanda yong‘inlar va vayronalar qayd etilgan.
Solomyanskiy tumanida ikki kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi, jumladan, ikki bola jarohat oldi. Besh qavatli turar-joy binosi qisman vayron bo‘ldi, 35 kishi evakuasiya qilindi.
Darniskiy tumanida yong‘in sodir bo‘ldi va ma’muriy binoda vayronagarchilik qayd etildi. Yetti kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi, jumladan, ikki bola jarohat oldi.
Shevchenkivskiy tumanida turar-joy bo‘lmagan binoda yong‘in sodir bo‘ldi va tez yordam mashinalari yonib ketdi. Bir kishi jarohat oldi.
Dneprovskiy tumanida do‘konga, Pecherskiy tumanida esa to‘rtta xususiy uy va qo‘shimcha binolarga zarar yetdi.
O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar voqea joyida ishlamoqda.