Kecha «Birmingem Siti» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa 3:2 hisobida Angliya jamoasi g‘alaba qozondi.
Uchrashuv Angliyaning Birmingem shahridagi «Sent-Endryus» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Hisob 31-daqiqada August Priskening goli bilan ochildi va mezbonlar oldinga chiqib oldi. 42-daqiqada Hamza Abdulkarim penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. U 60-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Barselona»ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Biroq 68-daqiqada Jon Solis hisobni yana tenglashtirdi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va unda «Birmingem Siti» omadliroq chiqdi.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Birmingem Siti» Chempionshipda 64 ochko to‘plab, 10-o‘rinni egallagan edi. «Barselona» esa 94 ochko bilan La Liga chempioni bo‘lgan.
O‘rtoqlik uchrashuvi
«Birmingem Siti» - «Barselona» - 2:2
Penaltilar seriyasi — 3:2
31 iyul 2026 yil | Birmingem (Angliya). «Sent-Endryus» stadioni
Gollar: 31' — August Priske (1:0), 42' — Hamza Abdulkarim (penalti) (1:1), 60' — Hamza Abdulkarim (1:2), 68' — Jon Solis (2:2)