Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Suv xo‘jaligi vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Suv xo‘jaligi vazirining yangi o‘rinbosari tayinlandi

Karimov Mirolimjon Karimjon o‘g‘li – 1977 yil 3 yanvarda Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, ixtisosligi davlat moliyasini boshqarish.

2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2002 yilda magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1993 yilda Beshariq tumanidagi “Navbahor” ulgurji savdo bazasi ekspeditori lavozimida boshlagan. 2002–2005 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi assistenti bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 2005–2007 yillarda xususiy sektorda, 2007–2008 yillarda Qo‘qon shahar Xalq banki filialida, 2008–2010 yillarda Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasida, 2010–2017 yillarda Davlat soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasida bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi yetakchi inspektori, bosh inspektori, 2021–2023 yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Neft mahsulotlari logistikasi departamenti boshlig‘i, 2023–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘’ba mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 oktyabrdagi tegishli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Kiritildi: 11:23 17.10.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!