Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

"Suv urushi": G‘azodagi suv fojeasi haqida ona so‘zlamoqda

"Suv urushi": G‘azodagi suv fojeasi haqida ona so‘zlamoqda

Al-Jazeera: G‘azo janubidan shimolga ko‘chirilgan oilalar hayot uchun kurashni davom ettirmoqda.

To‘rt farzandning onasi Suha Faraj toza suv tanqisligi oilasi hayotini qanday izdan chiqarganini so‘zlab berdi.

"Farzandlarim ta’lim olish o‘rniga suv navbatida turishmoqda. Bu urush boshlanganidan beri kundalik turmushimizga aylandi," - dedi u Al Jazeera telekanaliga.

"Ichish, ovqat tayyorlash va shaxsiy gigiyena uchun toza suv topishda qiynalmoqdamiz. Suv bo‘lgan taqdirda ham, u ichish uchun xavfsiz emas."

Isroilning davom etayotgan yordam blokadasi Faraj kabi ko‘pchilikni tozalanmagan suv ichishga majbur qildi, bu esa sog‘liq uchun jiddiy oqibatlarga olib keldi.

"Suv inqirozi tufayli buyrak kasalliklari, buyrak toshlari va boshqa xastaliklar paydo bo‘ldi," deb tushuntirdi Faraj. "Suvni qaynatishga harakat qilamiz, ammo gaz yetishmaydi. Ko‘pincha uni shundayligicha ichishdan boshqa choramiz yo‘q."

Gumanitar inqirozni Ramazon oyi boshlanishi bilan kuchaygan oziq-ovqat tanqisligi yanada og‘irlashtirdi.

"Bu yilgi Ramazon biz boshdan kechirgan eng og‘iri bo‘ldi," - dedi Faraj.

Chegaralar yopilgani sababli oziq-ovqat ta’minoti kamayib ketdi. Yangi mahsulotlar yo‘q, shuning uchun konservalarga muhtojmiz. Gaz va suv tanqisligi tufayli hatto ovqat tayyorlash ham qiyinlashib qoldi.

"Bu yashash uchun munosib sharoit emas," deb qo‘shib qo‘ydi u. "Bu suv uchun urushga aylanib qoldi."

Kiritildi: 23:09 14.03.2025. O'qildi: 652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!