Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholiga qanday yordamlar ko‘rsatilmoqda?

Suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholiga qanday yordamlar ko‘rsatilmoqda?

“Sardoba suv ombori” to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha prokuratura organlarida tuzilgan shtab va ishchi guruhlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Shtab va ishchi guruhlari tomonidan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida evakuasiya qilingan aholi uchun yaratilgan sharoitlar, favqulodda hodisa ro‘y bergan hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi hamda mol-mulklar  muhofaza  qilinishini  nazoratga  olish, jabrlangan fuqarolar murojaatlarining tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, zudlik bilan hal etilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Karimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i SH.Mavlonov va Guliston shahar sektor rahbarlari ishtirokida toshqin oqibatida evakuasiya qilinib, “Guliston olimpiya zaxiralari” maktab internati yotoqxonasiga joylashtirilgan fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ahvoli o‘rganilib, ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda talofatdan zarar ko‘rgan hududlarda yashovchi 12 nafar fuqarolarning Davlatimiz rahbari tomonidan ajratilgan 40 mln. so‘mlik pul mablag‘i sertifikatini olishda, uy-joy bilan ta’minlashda hamda tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilishida amaliy ko‘mak berish haqidagi murojaatlari ko‘rib chiqilib, shu joyning o‘zida hal qilish choralari ko‘rildi.

Shtab va ishchi guruhlari tomonidan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish borasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, talofatdan jabr ko‘rgan aholi bilan muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

 

Kiritildi: 19:53 27.05.2020. O'qildi: 2286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!