Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryodagi savdo markazida ro‘y bergan yong‘in to‘liq o‘chirildi

Surxondaryodagi savdo markazida ro‘y bergan yong‘in to‘liq o‘chirildi

Bugun, 4 avgust kuni soat 03:02 da Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani, Bobotog‘ MFYda joylashgan 3-qavatli savdo markazining birinchi va ikkinchi qavatlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 03:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olindi va soat 07:30 yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta suv tashuvchi mashina jalb etilgan.

Yong‘indan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Kiritildi: 08:20 04.08.2025. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!