Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda xotinini o‘ldirgan erkakka jazo tayinlandi

Surxondaryoda xotinini o‘ldirgan erkakka jazo tayinlandi

2019 yil 15 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudi tomonidan o‘z turmush o‘rtog‘ining o‘limiga sababchi bo‘lgan fuqaroga nisbatan hukm o‘qildi.

Xabar.uz ning yozishicha, voqea o‘tgan yilning 11 dekabrida Qiziriq tumanida sodir bo‘lgandi. O‘sha kuni tumanning Zarbdor mahallasida istiqomat qiluvchi Nodir Turg‘unov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) erta tongda xotini Olima Sobirova bilan qir-pichoq bo‘ladi. Asabini jilovlay olmagan er qo‘liga ilingan narsa bilan xotini urishga yuguradi. Erning vajohatidan qochishgan tushgan Olima uzoqqa borishga urgurmaydi: ortidan yetib kelgan jufti haloli qo‘lidagi narsa bilan uning bosh qismiga bir necha bor zarba beradi.

Er o‘ziga kelib qarasaki, qo‘lidagi narsa temir bo‘lagi ekan!

Etkazilgan og‘ir tan jarohati natijasida ayol shu kuni kechqurun tuman tibbiyot birlashmasida vafot etadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi raisi B.Madaminovning Xabar.uz ga ma’lum qilicha, sud Nodir Turg‘unovni O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi d bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib (JKning 57-moddasini qo‘llagan holda), 6 (olti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Jazo kamday ko‘rinyaptimi? E’tibordan soqit qilish kerak emaski, mahkum qotillikda emas, og‘ir oqibatlarga olib kelgan tan jarohati yetkazishda aybdor deb topilmoqda. Chunki, mahkumning xatti-harakatida odam o‘ldirishga qasd qilish alomati yo‘q. U yetkazgan jarohat og‘ir oqibatga, ya’niki, xotinining o‘limiga olib kelgan.

Mahkumga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlash) qo‘llanishi-chi?

Jazo tayinlashda jinoyatning og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi jihatlariga alohida e’tibor qaratilishi qonunlarda belgilab qo‘yilgani ma’lum. Ushbu ishni ko‘rish jarayonida jinoyat sodir etishlishiga marhumanining o‘zi ham sababchi bo‘lgani oydinlashdi.

Qanday sabab?

Bu savol ochiq qolgani ma’qul. Zero, marhumlar haqida salbiy gap aytilmaydi odatda.

Kiritildi: 18:50 24.01.2019. O'qildi: 1920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!