Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda uch kishini yuk mashinasi urib yubordi. 2 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda uch kishini yuk mashinasi urib yubordi. 2 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida 7 oktyabr kuni yuk mashinasi haydovchisi yo‘l chetida turgan fuqarolarni urib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat soat 22:30 atrofida “Temir darvoza” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 116-kilometrida sodir bo‘lgan. Captiva haydovchisi ikki yo‘lovchisi bilan yo‘l chetida to‘xtab, yoqilg‘i quyayotganda Isuzu yuk mashinasi haydovchisi ularni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan va bu haqda hech kimga xabar bermagan.

YTH oqibatida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Olib borilgan tezkor choralar natijasida Isuzu haydovchisi shu kunning o‘zida Sirdaryo viloyatida ushlangan va Boysun tumani IIBga olib kelingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor prosessual tartibda qamoqqa olingan.

Kiritildi: 11:00 11.10.2024. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!