Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda «Nexia» haydovchisining uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi

Avto A A A
Surxondaryoda «Nexia» haydovchisining uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, holat 19 iyul kuni 16:00 atrofida Surxondaryodagi halqaro ahamiyatga ega M–39 avtomobil yo‘lining 1337-kilometrida sodir bo‘lgan. Sherobod–Boysun yo‘lida harakatlanib kelayotgan «Nexia» markali sariq taksi mashina haydovchisi uxlab qolishi oqibatida oldidagi sement tashuvchi mashinaga borib urilgan. Uning ortidan kelayotgan boshqa bir «Nexia» boshqaruvni yo‘qotib, taksi mashinasi bilan to‘qnashgan.

Aniqlanishicha, sementovoz boshqalarga xalaqit qilmaslik uchun yo‘lning o‘ng qismidan yurgan. Sariq «Nexia» esa yo‘lning ikkinchi qismi bo‘sh bo‘lishiga qaramay, yuk mashinasiga borib urilgan.

Xabar berilishicha, YTH oqibatida sariq taksi mashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Holat yuzasidan Ichki ishlar xodimlari hudud aholisi va haydovchilar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borib, tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarni berdi.

@yhxbb_uz

Kiritildi: 23:35 21.07.2021. O'qildi: 2962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!