Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda korxonaning ko‘chmas mulk hamda maxsus yuk mashinalariga taqiq qo‘yildi

Surxondaryoda korxonaning ko‘chmas mulk hamda maxsus yuk mashinalariga taqiq qo‘yildi

Qumqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan yuridik shaxslar bilan shartnoma asosida belgilangan ma’lum ishlar bajarilgan. Biroq, unitar korxona tomonidan bajarilgan ishlar uchun tadbirkor foydasiga shartnomaga muvofiq to‘lovlar amalga oshirilmagan.

Majburiy ijro byurosi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatlariga ko‘ra ayni vaqtda qarzdor korxonaning tadbirkorlar va davlat oldidagi qarzdorligi 3 milliard 627 million so‘mdan oshgan.

Davlat ijrochilari tomonidan belgilangan qarzdorlikni undirish maqsadida tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining barcha hisob raqamlariga band solinib, ko‘chmas mulk hamda maxsus yuk mashinalariga nisbatan taqiq qo‘yildi.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan ikkita “Howo” rusumli yuk mashinalari xatlovga olinib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib kelindi.

Qarzdor korxona tomonidan ijro hujjatlari talablari bajarilmasa, xatlovga olingan mulk auksion savdolari orqali realizasiya qilinishi haqida rasman ogohlantirildi.

Majburiy ijro byurosi
Surxondaryo viloyati boshqarmasi

Kiritildi: 22:55 05.07.2025. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!