Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Surxondaryoda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro K.M. Jarqo‘rg‘on tumani “Guliston” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 70 sotix yer maydonini fuqaro SH.A.ga 170 mln so‘mga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini go‘yoki kadastrlar filialida ishlovchi tanishi orqali rasmiylashtirib berishni aytib, 170 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Rishton tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. o‘ziga ajratilgan dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan jami 15 sotix sug‘oriladigan yer maydonining toifasini 22 500 AQSh dollari evaziga fuqaro O‘.O.ning nomiga turar-joy sifatida o‘zgartirib berishini aytib, kelishilgan puldan 12 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 08:15 25.11.2025. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!