Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Surxondaryoda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Qiziriq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.V. dehqonchilik qilish sharti bilan boshqa fuqaroga 30 yilga ijara shartnomasi asosida ajratilgan 80 sotix yer maydonini tanishlari yordamida fuqaro B.Q.ning nomiga rasmiylashtirib berishini va’da qilib, evaziga undan 200 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 401 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!