Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda 5,3 kilogramm afyunni sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi

Surxondaryoda 5,3 kilogramm afyunni sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi

Surxondaryo viloyatida 5 kilogramm 362 gramm afyun moddasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Ushlanganlardan biri avval o‘g‘irlik, ikkinchisi esa giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida jami 5 ta o‘ramdagi, umumiy og‘irligi 5 kilogramm 362 gramm bo‘lgan «afyun» moddasini shartli xaridorga sotayotgan vaqtda Termiz shahrida yashovchi, 1972 va 1995 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, giyohvandlik vositalari ularga qo‘shni Afg‘onistondagi narkokuryerlar tomonidan yetkazib berilgan.

Qayd etilishicha, ushlanganlarning biri muqaddam o‘g‘irlik, ikkinchisi esa giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:45 10.11.2026. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik