Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda 5,3 kg “opiy” moddasi musodara qilindi

Surxondaryoda 5,3 kg “opiy” moddasi musodara qilindi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotik modda musodara qilindi.

Xususan, DXX Chegara qo‘shinlari hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda jami 5 dona o‘ramdagi, umumiy og‘irligi 5 kg 362 gr bo‘lgan “opiy” moddasini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida Termiz shahrida yashovchi, 1972 va 1995 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ushlandi.

Ularga ushbu giyohvandlik vositalari qo‘shni Afg‘onistondagi narkokur’erlar tomonidan yetkazib berilgan.

Ta’kidlash lozim, mazkur shaxslarning biri muqaddam o‘g‘irlik, ikkinchisi esa giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etganliklari uchun sudlangan.

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik