Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryo viloyatida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi

Surxondaryo viloyatida noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “SH.5.” xususiy korxonasi rahbari K.CH. Jarqo‘rg‘on tumani, “Mehnat rohat” MFY hududidagi savdo do‘konidan xaridorga kirim hujjati mavjud bo‘lmagan alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘konda savdoga qo‘yilgan umumiy bahosi 66,2 mln so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi jami 1 542 dona alkogol va 354 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakalari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:15 14.01.2025. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!