Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Surxondaryo viloyatida MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

A A A
Surxondaryo viloyatida MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.T.” MCHJ rahbari A.T. va boshqalar MCHJning 841,8 mln so‘m debitorlik qarzdorligi mavjud bo‘lsada, MCHJni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish va tugatishga doir ish yuritish jarayonida ushbu ma’lumotlarni yashirib, Termiz tumanlararo Iqtisodiy sudining tugatish to‘g‘risidagi ajrimiga asosan 369,9 mln so‘m soliq qarzini hisobdan chiqarib, soliq va boshqa majburiy yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab, MCHJni qasddan to‘lovga qobiliyatsizligiga (bankrotlikka) olib kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) va 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:40 23.01.2024. O'qildi: 1328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!