«Do‘stlik» stadionida ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi sohibi hamda O‘zbekiston birinchi ligasi g‘olibini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, Jamshid Rahimov va Baxtiyor Amonturdiyev murabbiyligi ostidagi Termizning «Surxon» jamoasi sharafli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Chempionlik kubogi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Bosh kotibi Avaz Parxatovich Maksumov tomonidan topshirildi.
Eriell Group ko‘magi bilan «Surxon»bu yil katta yutuqlarga erishdi. Termiz shahrida «Surxon Arena»stadionini rekonstruksiya qilindi, asosiy jamoa 2001 yildan beri ilk marta mamlakat kubogining yarim finaliga chiqdi, mini-futbol jamoasi Birinchi liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Natijada u Termiz futzalining tarixida bo‘lmagan O‘zbekiston oliy divizionining ishtirokchisiga aylandi.
Ayollar jamoasi esa Birinchi ligada ustunlik qildi. Ko‘pgina o‘yinlarda jamoa raqiblarini katta farq bilan mag‘lub etdi. Eriyell Group kompaniyasining alohida e’tibori bilan ayollar futboliga qiziqish oshdi va amalga oshiriladigan sport vazifalarini bajarish imkoni paydo bo‘ldi.