Bugun, turli axborot agentliklari va saytlarda Surxon qo‘riqxonasida yong‘in davom etayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilindi.
Avval xabar berganimizdek, Surxon qo‘riqxonasida joriy yilning 23 iyul kuni soat 15:52 da yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Surxondaryo viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari qutqaruvchilari, tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan yong‘in soat 22:25 da qurshab olingan hamda 24-iyul kuniga o‘tar kechasi soat 00:35 da o‘chirilgan.
FVVning xabar berishicha, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilgan hududning ayrim joylarida shox-shabbalar qoldiqlaridan tutun chiqishi holatlari kuzatilmoqda. Ushbu holat yong‘inning qaytadan ro‘y berishiga olib kelmaydi.
Mazkur holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli tashkilot xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Ayni damda yong‘inning qaytadan ro‘y berishini oldini olish maqsadida yuqorida aytilgan tashkilotlar tomonidan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.