NBC telekanali o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh prezidenti siyosatini saylovchilarning faqat 40% ma’qullaydi. Bu demokratning davlat rahbari sifatidagi butun faoliyati davomidagi minimal ko‘rsatkichdir.
Amaldagi davlat rahbarining ochko yo‘qotgani demokratlar, shuningdek, 18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan saylovchilar orasida orasida yaqqol ko‘zga tashlanadi, ularning ko‘pchiligi "Isroil G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarida haddan oshib ketdi" deb hisoblaydi, deya ta’kidlaydi jurnalistlar. Oxirgi guruhda respondentlarning deyarli 70 foizi Baydenning Isroilga nisbatan pozisiyasini ma’qullamaydi.
Joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan shunga o‘xshash so‘rovda Baydenning prezident lavozimini ma’qullaganlar ulushi 46 foizni tashkil qilgan.