Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

So‘rovnoma: amerikaliklarning 64 foizi Tramp siyosatidan norozi

So‘rovnoma: amerikaliklarning 64 foizi Tramp siyosatidan norozi

AQSh prezidenti Donald Tramp faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotgan amerikaliklar ulushi 33 foizgacha kamaydi. "Reuters" agentligi Ipsos xalqaro tadqiqot kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga tayanib xabar berishicha, bu Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Tadqiqot ishtirokchilarining 64 foizi prezident olib borayotgan siyosatni ma’qullamasligini bildirgan. Qolgan respondentlar esa bu masalada aniq pozisiyaga ega emasligini ko‘rsatgan.

So‘rov davomida AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlikka ham alohida e’tibor qaratilgan. Respondentlarning 80 foizi ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat uzoq muddat davom etishi mumkin, deb hisoblamoqda. Faqat 16 foiz ishtirokchi vaziyat bir necha hafta ichida yumshashiga ishonch bildirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampning ikkinchi prezidentlik davridagi eng yuqori reytingi 2025 yil yanvar oyida qayd etilgan. O‘shanda uning faoliyatini amerikaliklarning 47 foizi ma’qullagan. Keyingi davrda bu ko‘rsatkich pasayib borgan bo‘lsa-da, avval 34 foizdan pastga tushmagan.

34 foizlik reyting joriy yilning aprel va iyun oylarida ham qayd etilgan edi. Trampning birinchi prezidentlik muddatida ham shunga yaqin holat kuzatilgan: 2017 yil dekabrida uning qo‘llab-quvvatlanish darajasi 33 foizgacha pasaygan.

"Ipsos" so‘rovnomasi 14–17 avgust kunlari AQSh bo‘ylab 1166 nafar voyaga yetgan fuqaro ishtirokida o‘tkazilgan.

Kiritildi: 19:21 18.08.2026. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!