SANA axborot agentligi xabariga ko‘ra, xizmat avtobusiga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi qurilma portlashi natijasida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma Dayr-az-Zor — Mayodin shossesi bo‘ylab harakatlanayotgan paytda ishga tushirilgan. Halok bo‘lganlar orasida neft ob’ektlarini qo‘riqlayotgan xavfsizlik xodimlari ham bor.
Energetika vazirligi bayonotida mazkur hodisa “qo‘rqoq terror hujumi” deb baholanib, bu kabi hujumlar suriyalik neftchilarning milliy burchini bajarishga bo‘lgan irodasini siqib chiqara olmasligi ta’kidlangan.
Bayonotda, shuningdek, hujum mamlakat energetika infratuzilmasini tiklash va qayta barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga xalal berishga qaratilgani qayd etilgan.