Zelenskiy Qo‘shma Shtatlarga tashrifi chog‘ida bir qator bayonotlar berdi. Juma kuni u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
"Allaqachon Vashingtondaman. Bugun AQSh mudofaa kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘ladi, bu bizning mudofaa qudratimizni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan qurol ishlab chiqaruvchilar. Xususan, biz qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berish masalasini muhokama qilamiz. Shuningdek, bugun amerikalik energetika kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv bo‘ladi. Rossiya bizning energetika tizimimizga qarshi terrorni tanlagan, har kuni energetika ob’ektlarimizga zarba bermoqda, biz esa Ukrainani barqaror qilish ustida ishlayapmiz", — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.
"17 oktyabr kuni prezident Tramp bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Biz Yaqin Sharqda terror va urushni jilovlashga olib kelgan harakatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini ham tugatishiga yordam beradi, deb umid qilamiz. Putin HAMAS yoki boshqa biror terrorchidan ko‘ra jasur emas. Kuch va adolat tili Rossiyaga nisbatan ham albatta ishlaydi. Ko‘ryapmizki, Moskva Tomahawk'lar haqida eshitishi bilanoq muloqotni tiklashga shoshilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.