Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriyaning As-Suveyda viloyatidagi to‘qnashuvlarda 426 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning As-Suveyda viloyatidagi to‘qnashuvlarda 426 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning janubida joylashgan As-Suveyda viloyatida 13 iyuldan buyon davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar natijasida 426 nafar kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda Suriya Inson huquqlari tarmog‘i (SNHR) o‘z hisobotida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 7 nafar bola, 10 nafar ayol, 6 nafar tibbiyot xodimi va 2 nafar ommaviy axborot vositalari vakili mavjud.

SNHR’ning avvalroq e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, 13–18 iyul kunlari orasida kamida 321 kishi halok bo‘lgan, 436 dan ortiq kishi yaralangan.

To‘qnashuvlar beduin arablaridan iborat ittifoq hamda ayrim druz guruhlari o‘rtasida sodir bo‘lgani qayd etilmoqda.

Kiritildi: 19:36 21.07.2025. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!