Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rodrigo "Tottenxem"ga o‘tish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

Rodrigo "Tottenxem"ga o‘tish bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo "Tottenxem"ga o‘tish istagida emas.

So‘nggi kunlarda aynan "shporlar" braziliyalik futbolchiga asosiy da’vogar sifatida tilga olinayotgandi. Jurnalist Santi Auna xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi "Tottenxem"ga o‘tishga qiziqmayapti - u yanada kattaroq klubda o‘ynamoqchi.

Rodrigoning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 90 mln yevro. "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso uni jamoasining asosiy tarkibida ko‘rmayotgani uchun futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

O‘tgan mavsumda "Tottenxem" Premyer-ligada 17-o‘rinni egalladi, ammo Yevropa Ligasida g‘alaba qozonib, Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi.

Kiritildi: 09:12 29.07.2025. O'qildi: 1414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!