Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vaziri Kaya Kallas Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni davom ettirishni taklif qildi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
"Evropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Kaya Kallas Suriya vazirliklarini rekonstruksiya va migrasiya kabi sohalarda moliyalashtirishga ruxsat berish uchun Yevropaning Suriyaga qarshi sanksiyalarini yanada yumshatishni taklif qildi", deb yozadi agentlik.
Uzoq yillar sobiq prezident Bashar al-Assad hukumatini boykot qilgan Yevropa Ittifoqi Suriyaning yangi rasmiylari bilan faol muloqot olib bormoqda. Fevral oyi oxirida Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan sanksiyalarni olib tashlashni, energetika, transport va bank sektoridagi qator cheklovlarni bekor qilishni boshladi. Ittifoq davlatlaridan Suriyaga shaxsiy foydalanish uchun hashamatli buyumlarni olib kirishga qo‘yilgan taqiq ham bekor qilindi.