Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Suriyadagi terrochilik tashkiloti media markazi rahbari, asli namanganlik erkak qidirilmoqda

A A A
Suriyadagi terrochilik tashkiloti media markazi rahbari, asli namanganlik erkak qidirilmoqda

Suriyadagi "Imom al Buxoriy katibasi" terrochilik tashkiloti media markazi rahbari, asli namanganlik Davlatov Sherali Odiljonovich qidirilmoqda.

Davlatov Sherali 1985 yil Namangan viloyatida tug‘ilgan. U 2013 yil ishlash maqsadida Rossiya davlatiga ketgan. U yerda xalqaro terrorchilik tashkiloti rahnamolarining salbiy ta’siri ostida jihodchilar diniy ekstrimistik oqimining Moskva jamoatiga qo‘shilib, jamoat yetakchilarining ko‘rsatmasiga ko‘ra, 2014 yil fevral oyida Suriyaga o‘tib jangovor harakatlarda ishtirok etgan.

U Fasebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Alixonto‘ra Shokirjon o‘g‘li" profilini yuritib keladi. Uning ushbu profili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan ekstrimizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish qilish ta’qiqlangan materiallar ro‘yxatiga kiritilgan.

Sherali Davlatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 155 prim 2, 244 prim 2 va 223-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Kiritildi: 14:31 25.09.2023. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!