Suriya shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida o‘q-dorilar omborida yuz bergan portlashda besh kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohatlandi.
Bu haqda viloyat ichki xavfsizlik kuchlari qo‘mondonligiga tayanib Syria TV telekanali ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida tegishli idoralar xodimlari voqea oqibatlarini bartaraf etish uchun ishlamoqda.
Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Avvalroq telekanal Idlib viloyatining Kafr Taxarim shahridagi o‘q-dorilar omborida kuchli portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergandi.