Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar qo‘lga olindi

A A A
Suriyada jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar qo‘lga olindi

O‘zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan – 1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan 2 nafar fuqaro xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.

Mazkur fuqarolar xorijiy davlatlarda mavsumiy ishlashi davomida Internet orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlari a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib kelgan va ularning ta’sirida 2021 yilning avgust oyida Suriya Arab Respublikasi hududiga o‘tib, “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilgan hamda jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.

Chet el huquq-tartibot idoralari bilan olib borilgan hamkorlikdagi tadbirlar davomida ushbu shaxslar xorijiy davlatlarning birida qo‘lga olinib, yurtimizga olib kelindi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:24 19.11.2022. O'qildi: 2015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!