Suriya hukumati Qatar, Turkiya va AQSh kompaniyalari konsorsiumi bilan 7 milliard dollarlik energiya hamkorlik shartnomasini imzoladi.
“Reuters” agentligiga tayanib, xabar berishicha, memorandumni imzolash marosimi Damashqdagi prezident saroyida Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara va AQSh prezidentining Suriya bo‘yicha elchisi Tomas Barak ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Suriya energetika vaziri Muhammad al-Bashir bu voqeani “tarixiy lahza” va ko‘p yillik mojarolardan zarar ko‘rgan mamlakat infratuzilmasi uchun “burilish nuqtasi” deb atadi.