Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Suriya prezidenti: «Isroilning mamlakatni parchalash rejalariga qarshi birlashish vaqti keldi»

Suriya prezidenti: «Isroilning mamlakatni parchalash rejalariga qarshi birlashish vaqti keldi»

Suriya prezidenti Axmad ash-Sharaa mamlakat janubidagi Es-Suvayda viloyatidagi voqealar va Isroilning harbiy intervensiyasi fonida xalqni birlikka chaqirdi. Bu haqda u davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida bildirdi.

«Biz davlatimizning atrofida jipslashishimiz, uning qadriyatlari va prinsiplariga sodiq qolishimiz, shaxsiy va manfaatparast maqsadlarni chetga surib, Vatan manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yishimiz lozim», — dedi Suriya rahbari.

Ash-Sharaa ta’kidlashicha, druzlar jamoasi Isroilning Suriyani parchalashga qaratilgan urinishlariga qarshi qat’iy turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, druzlar davlat himoyasida va xorijiy kuchlarning ularni o‘z o‘yinlariga tortish urinishlarini rad etmoqda.

«Isroil avvalgiday Suriyada barqarorlikni izdan chiqarish, aholi o‘rtasida nizo qo‘zg‘ash va mamlakatni xaosga tortishga intilmoqda», — dedi u.

Prezident shuni alohida qayd etdiki, Isroil tomonidan Suriyadagi fuqarolik va ijtimoiy ob’ektlarga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli hujumlar mamlakatda barqarorlikni tiklashga qaratilgan harakatlarga putur yetkazishni ko‘zlagan. Ammo AQSH, Turkiya va arab mamlakatlarining samarali vositachilik harakatlari tufayli vaziyat keskinlashuvining oldi olindi.

Ash-Sharaa ayrim noqonuniy guruhlar rahbarlarini mamlakat manfaatlaridan ustun qilib shaxsiy manfaatlarini qo‘yganlikda va oxirgi voqealar chog‘ida tinch aholiga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda aybladi.

Shuningdek, prezident ma’lum qildiki, mamlakatning Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari Es-Suvaydada vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha faol choralar ko‘rdi. Natijada noqonuniy qurolli guruhlarga zarba berildi va viloyatda muvaqqat tinchlik tiklandi.

Kiritildi: 18:05 17.07.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!