Bugun 13 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Suriya Milliy muzeyida o‘g‘irlik sodir etildi

Suriya Milliy muzeyida o‘g‘irlik sodir etildi

Suriya Milliy muzeyiga o‘g‘ri tushib, qadimiy haykallar va qimmatbaho yodgorliklarni o‘g‘rilab ketgan. Bu haqda Singapurning Lianhe Zaobao nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 10 noyabr kuni kechqurun Damashq markazidagi Milliy muzeyda o‘g‘irlik sodir etilgani haqida xabar berilgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilyapti. O‘g‘irlangan haykallar qadimgi Rim davriga tegishli.

Muzey taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘rilar jinoyat vaqtida shisha tokchalarni sindirgan. Damashq shahar ichki xavfsizlik boshqarmasi vakili tergov idoralari o‘g‘rilarni qo‘lga olish va o‘g‘irlangan yodgorliklarni qaytarish uchun barcha choralarni ko‘rganini ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, muzeydan oltita qadimiy haykal o‘g‘irlangan.

1936 yilda tashkil etilgan Suriya Milliy muzeyi arab dunyosidagi tarixiy ahamiyatga ega va muhim madaniy muassasalardan biri hisoblanadi.

Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyin, muzey 2012 yilda yopilgan, 2018 yilda esa muzeyning bir qismi qayta ochilgan. Suriyada hokimiyat almashganidan keyin muzey ishi 2025 yil yanvarda to‘liq tiklangan.

Kiritildi: 20:25 12.11.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!