Suriyalik isyonchilar Rastan va Talbisa shaharlari ustidan nazoratni qo‘lga kiritib, Homsni egallashga yo‘l ochishga harakat qilmoqda.
Bu haqda Turkiyaning "Anadolu" axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rastan va Talbisa strategik ahamiyatga ega, chunki ular Halab, Xama, Xomsni bog‘lovchi va poytaxt Damashqqa olib boradigan avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan.
Rastan Xoms viloyatidagi uchinchi yirik shahardir.
Eslatib o‘tamiz, 30 noyabr kuni isyonchilar Alepponi egallab olishgan, bir kun avval, 5 dekabr kuni shiddatli janglardan so‘ng Xama ham ularning nazoratiga o‘tgan edi.