Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Suriya isyonchilari yetakchisi xalqaro hamjimiyatga murojaat bilan chiqdi

Suriya isyonchilari yetakchisi xalqaro hamjimiyatga murojaat bilan chiqdi

Suriya isyonchilari yetakchisi Buyuk Britaniya va BMT rasmiylari bilan uchrashib, xalqaro hamjamiyatni o‘z mamlakatiga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

Bashar Asad hukumati ag‘darilganidan 10 kun o‘tgach, Suriyadagi isyonchi "Hayat Tahrir ash-Sham" guruhi rahbari Ahmad al-Shaara (Abu Muhammad al-Jo‘loniy bilan tanilgan) xalqaro hamjamiyat bilan muloqotni boshladi.

Isyonchilar yetakchisi xalqaro hamjamiyatni Suriyaga Asad davrida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirmoqda. Dushanba kuni Ahmad al-Shaara Britaniya diplomatlari va BMT vakillari bilan uchrashdi.

Yaqin orada suriyalik isyonchilar rahbari Fransiya va Germaniya vakillari bilan uchrashadi, boshqa G‘arb davlatlari ham hamkorlikka tayyor ekanini bildirgan.

Kiritildi: 17:12 18.12.2024. O'qildi: 3341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!