Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Suriya Isroil bilan xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda

Suriya Isroil bilan xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda

Suriya Isroil bilan xavfsizlik bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda — Ahmad ash-Shar’a.

Suriya muvaqqat prezidenti bu haqda Al Jazeera telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bir qator davlatlar vositachiligida tayyorlanayotgan mazkur xavfsizlik kelishuvi kelajakda tomonlar o‘rtasida keng qamrovli tinchlik o‘rnatishga zamin yaratishi mumkin.

Ahmad ash-Shar’aning ta’kidlashicha, Suriya Isroil bilan har qanday to‘qnashuvdan qochmoqda va xavfsizlik kelishuvi inqirozni yanada kengroq va har tomonlama hal etishga yo‘l ochishi mumkin.

Shu bilan birga, u bunday kelishuv Suriyaning Isroil tomonidan bosib olingan Jo‘lon tepaliklariga bo‘lgan da’vosidan voz kechishini anglatmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 22:56 26.07.2026. O'qildi: 163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!